Rashk balosi. Buxorodagi ariqdan 20 yoshli yigit murdasi topildi
Buxoro tumanidagi «Sheyxon» MFY Dexchabegi qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi «Sattorobod» arig‘idan yigirma yoshlar chamasidagi yigitning murdasi qotillik alomatlari topilgan.
«Xabar.uz» manbasining Buxoro tumani IIBga tayanib ma’lum qilishicha, olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida marhum shu tumanda yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan Sh.S. ekanligi aniqlangan. Shuningdek, qotillik oshxona pichog‘i vositasida amalga oshirilgan bo‘lib, jinoyat rashk tufayli sodir etilgani bildirilmoqda.
Gumondor qo‘lgan olingan: u marhumning tanishi va tengdoshi A.U. bo‘lib chiqdi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter