Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqobat qo‘mitasi mahalliy banklarning biriga moliyaviy jarima qo‘lladi

Raqobat qo‘mitasi mahalliy banklarning biriga moliyaviy jarima qo‘lladi

Xususan, mazkur bank xizmati reklamasida «Onlayn mikroqarz» – «Zudlik bilan pul kerakmi, 50 million so‘m - Hamkor ilovasida onlayn mikroqarz rasmiylashtiring!» mazmunidagi tashqi reklama joylashtirilganligi kuzatilgan.

Ushbu axborotga bankning internetdagi rasmiy sahifasi joylashtirilgan ma’lumotlar asosida aniqlik kiritildi. Bunda, mikroqarz bank xizmati bo‘yicha faqatgina kreditning miqdori haqida axborot berilgan bo‘lib, reklama axborotida ushbu kreditning qolgan muhim shartlari ko‘rsatilmagan.

Reklamani bunday ko‘rinishda bo‘lishi reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holatni ifodalashi mumkin.

Yuqoridagilarga asosan, Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilish alomatlari yuzasidan «Hamkorbank» ATBga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring