Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqobat qo‘mitasi «Buxoro NQIZ»ga nisbatan moliyaviy jarima qo‘lladi

Raqobat qo‘mitasi «Buxoro NQIZ»ga nisbatan moliyaviy jarima qo‘lladi

2024-yilda olib borilgan birja narxlari monitoringida 165 ta holatda birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilganligi bo‘yicha 156 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.

Bu haqda Raqobat qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, 55 ta holatda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan narxlar sun’iy oshirilishi bilan bog‘liq manipulyatsiya harakatlari sodir etilganligi va buning natijasida 77,7 mlrd so‘m mablag‘lar asossiz olinganligi aniqlanib, ushbu mablag‘larni qaytarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

94 ta xo‘jalik yurituvchi subyektga esa tegishli tartibda moliyaviy jarimalar qo‘llanilgan.

Jumladan:

  • Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan «BEKOBODSEMENT» AJ yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi sement mahsulotini birja savdolariga qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgan. Natijada, «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 29-moddasi talablari buzilib, asossiz daromad olingan.
  • «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJ tomonidan ham manipulyatsiya harakatlari amalga oshirilib, asossiz daromad olingani aniqlangan.
  • Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan «GTL GAZ» MChJ ham manipulyatsiya holatlarini sodir etib, asossiz daromad olganligi aniqlangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring