«Raqamsiz» jo‘natma, «mayda toshchalar» va «kukunsimon modda»
Bojxona xizmati xodimlari tomonidan mamlakatimizga xalqaro pochta va xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelayotgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga nisbatan ayovsiz kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan «Bosh pochtamt» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Niderlandiya davlatidan Toshkent shahrida yashovchi fuqaro D.A. nomiga kelgan raqamsiz pochta jo‘natmasi shubha ostiga olinib, bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, konvert ichida shaffof polietilen paketga joylangan 10,04 gramm N-metil-3-4-metilendioksiamfetamin giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Navbatdagi holatda esa mazkur davlatdan yana bir fuqaro K.A. nomiga kelgan pochta jo‘natmasida umumiy og‘irligi 57,1 grammni tashkil etuvchi 98 dona tabletka ko‘rinishidagi, mayda toshchalar va kukunsimon ko‘rinishdagi moddalardan iborat «MDMA» nomli giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter