Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli texnologiyalar vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi

Raqamli texnologiyalar vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Prezident qarori bilan:

  • Oleg Pekos raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
  • Jamol Maxsudov raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
  • Rustam Karimjonov raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga (avval — xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari edi);

Shuningdek:

  • Shuxrat Kadirov Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori lavozimiga;
  • A’zam Abdullayev Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Doniyor Rustamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan;

Jamshid Egamberdiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring