Fevral oyida raqamli telekanallarda vaqtincha to‘xtalishlar kuzatilishi mumkin
«RRTM» DUKning teleradioeshittirish texnik vositalarining uzluksiz va soz holatda ishlashini ta’minlash maqsadida joriy yilning fevral oyida respublikaning barcha hududlarida raqamli uzatgich qurilmalarda rejali profilaktika ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Shu munosabat bilan ba’zi telekanallarning vaqtincha to‘xtalishlari kuzatilishi mumkin, jumladan:
- 1-5, 8-10-fevral kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha – davlat telekanallari;
- 15-19-fevral kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha – mahalliy, nodavlat va tijorat Uzdigital telekanallari.
To‘xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.
«RRTM» DUK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter