«Raqamli davlat» – Estoniya bizning nigohimizda (video)
Estoniya Yevropadagi aksariyat ishlar onlaynda hal qilinadigan raqamli davlatga aylanganiga ancha bo‘ldi. U yerda aholiga ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar soni 600 dan oshgan, tadbirkorlar uchun esa — 2 400 taga yetkazilgan!
Estoniyada kompyuterdan uzoqlashmasdan turib, katta bir kompaniyaga 18 daqiqada asos solish mumkin.
Yaqinda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining bir guruh xodimlari o‘zaro tajriba almashish maqsadida Estoniya davlatida bo‘lib qaytishdi.
Bugun mazkur safar taassurotlari, Estoniyaning raqamlashtirish jarayoniga qanday kirib borgani, nimalarga erishgani, shuningdek, yutuq va kamchiliklari borasidagi suhbatni video shaklida e’tiboringizga havola etmoqdamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter