Raqamlashtirish bilan birgalikda kiber xatarlar xavfi ham oshib bormoqda – Markaziy bank

To‘lov tizimlari hamda raqamlashtirish jarayoni jadallashishi bilan birga kiber xatarlarning sodir bo‘lishi ham oshib bormoqda.
Markaziy bankning O‘zbekiston moliyaviy barqarorligi uchun asosiy xatarlar va ularni yengillashtiruvchi choralar borasidagi sharhida qayd etilishicha, ushbu turdagi xatarning oshishi moliya tizimiga bo‘lgan ishonchning susayishiga va natijada moliya tizimi barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, kiberxujumlar, axborot xavfsizligining buzilishi hamda axborotlarni o‘g‘irlash ko‘rinishidagi operatsion xatarlarning ortishi moliya tizimi ishtirokchilarining tashqi hodisalar ta’siridagi moliyaviy yo‘qotishlarini oshiradi.
Bunda xatarni yengillashtiruvchi choralar:
- amalga oshirilayotgan tranzaksiyalar bo‘yicha nazoratni kuchaytirish hamda shubhali hisoblangan tranzaksiyalar uchun cheklovlarni o‘rnatish;
- axborot vositalarining rivojlanib borayotgan sharoitda moliya tizimi ishtirokchilari tomonidan bardoshli axborot xavfsizligi tizimlarini ishlab chiqish va takomillashtirib borish;
- kiberhujumlar va firibgarlik bo‘yicha aholining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter