Ramzan Qodirovning ashaddiy tanqidchisi o‘ldirib ketildi
Checheniston rahbari va hukumatining ashaddiy tanqidchisi bloger Tumso Abdurahmonov Shvetsiyada 2-dekabrga o‘tar kechasi otib o‘ldirib ketilgan.
«Tumso tunda bir guruh odamlar tomonidan otib tashlangan va hozirda qotillik o‘rganilmoqda», – deyiladi xabarda.
Shuningdek, bu haqdagi xabarlarda voqea tafsilotlari keltirilmayapti. Biroq maxsus xizmatlar Abdurahmonovning ukasini yashirib qo‘ygani aytilmoqda.
Avvalroq, dekabr oyi boshida ham Tumso Abdurahmonov jamoatchilik e’tiboridan yo‘qolib qolgan va o‘shanda ham o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan, biroq bu tasdiqlanmagan edi.
Tumso Abdurahmonov Checheniston hukumatini tanqid qilib kelgani bilan tanilgan. 2015-yilda u Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qarindoshlari bilan mojaroga uchragach, Rossiyani tark etgan. U Shvetsiyada siyosiy qochqin maqomini olgan edi.
Abdurahmonov Chechenistonda «Islomiy davlat» bilan aloqadorlikda ayblanib kelgan. 2020 va 2021-yillarda ham Abdurahmonov va uning ukasi Muhammadning hayotiga suiqasd qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter