Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga ikkita ot sovg‘a qildi

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga ikkita ot sovg‘a qildi.
– Kamtarin va mehmondo‘st inson, shu bilan birga, dono va uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi – Shavkat Miromonovichni shunday xarakterlash mumkin. U o‘z vataniga chin dildan mehr qo‘ygan, rahbarlik qilgan yillar davomida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan, — deydi Ramzan Qodirov.
U O‘zbekiston Prezidenti bilan shaxsan tanishuv chog‘ida Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosat samaradorligiga ishonch hosil qilganini ta’kidladi.
– Butun kasbiy faoliyati fuqarolar farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan Shavkat Miromonovich bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘lgandim. O‘zbekistonga tashrifim davomida bo‘lib o‘tgan mazmunli uchrashuvimizni iliq eslayman. Bu yerlar gullab-yashnab, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi yildan-yilga mustahkamlanib borayotgani uchun uning siyosati to‘g‘riligiga shaxsan men amaliy safarim davomida amin bo‘lgandim. Ishonchim komilki, Prezidentning hissasi bilan O‘zbekiston tez orada islom turizmi markaziga aylanadi, chunki bu zaminda dinimizning boy tarixi saqlanib qolgan, – deydi Checheniston rahbari.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni munosabati bilan ko‘plab xorijiy davlatlar yetakchilari va rahbarlardan qutlovlar kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter