Ramzan Qodirov Checheniston rahbari lavozimidan ketmoqchi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublika prezidenti lavozimini yakunlash niyatida. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
«Respublika rahbari lavozimidan ketmoqchiman», - degan u «Moskva 24» telekanali efirida.
Shuningdek, u o‘zini federal vazirlik rahbari sifatida ko‘rmayotganini va mamlakatda rahbarlik lavozimiga aniq da’vo qilmasligini ta’kidlagan.
«Men bunaqa darajadagi inson emasman»,- degan Qodirov.
42 yoshli Ramzan Qodirov Chechenistonni 2007 yildan buyon boshqarib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter