Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramazonda bemor kun avvalida yeb-ichib, keyin tuzalib qolsa nima qilishi lozim?

Ramazonda bemor kun avvalida yeb-ichib, keyin tuzalib qolsa nima qilishi lozim?

Har bir mo‘’min va mo‘’mina balog‘atga yetganidan Ramazon ro‘zasini bir kunini ham qoldirmasdan tuta boshlashi lozim. Ramazonning o‘rtasida yoki bir kuni qolgan bo‘lsa ham balog‘atga yetsa, o‘sha qolganini tutish farz bo‘ladi. Agar Ramazon oyining kunduzi balog‘atga yetib qolsa, shu kunining qazosini tutib bermaydi, xolos. Kofir odam kunduzi musulmon bo‘lsa ham shu kunining qazosini tutib bermaydi. Ertasiga ro‘za farz bo‘ladi. Ramazon ro‘zasiga beparvo bo‘lib, uni o‘tkazib yuborganlar kunma-kun qazosini tutib berishlari kerak.

Jumladan, «Az-Zaxoir al-Ashrafiyya» asarida bu haqida shunday fikrlar bayon etilgan: «Bola ertalab, tong otganidan so‘ng, choshtgohgacha balog‘atga yetsa va ro‘zaga niyat qilib, ro‘zani boshlasa, o‘sha kungi ro‘zasi nafl bo‘ladi. Ertangi kundan boshlangan ro‘zasi farz hisobiga o‘tadi».

Shuningdek, yosh bolalarni ro‘zaga o‘rgatish aslo ularni qiynab qo‘yish emasdir. Sahobai kiromlar bolalarini ro‘zaga o‘rgatar edilar.

Ilmiy va diniy adabiyotlar ramazonning hurmatini qilib, ro‘zador bo‘lmasa ham, yemay-ichmay yuradigan bir necha toifa insonlar haqida ham ma’lumot keltirilgan. Ular:

- musofir kun avvalida yeb-ichib, keyin o‘z yurtiga kirib kelsa;

- bemor kun avvalida yeb-ichib, keyin tuzalib qolsa;

- yosh bola kunduz kuni balog‘atga yetib qolsa;

- kofir kimsa kunduzi musulmon bo‘lsa.

- homilador ayol kun avvalida yeb-ichib, kechqurungacha bolaga yoki o‘ziga zarar yetmaydigan bo‘lsa.

- emizikli ayol kun avvalida yeb-ichib, kechqurungacha bolaga yoki o‘ziga zarar yetmaydigan bo‘lsa.

- tong otmadi yoki kun botmadi deb yeb-ichsa va uning aksi ma’lum bo‘lib qolsa.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring