Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldi olinadi

Rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldi olinadi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, yana bir guruh davlat fuqarolik xizmatchilari Milliy kadrlar zaxirasiga olingan.

Ular endilikda agentlik tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida malaka oshiradi.

Nomzodlar 2 500 nafar davlat fuqarolik xizmatchisi orasidan saralandi.

Ular uchun bugundan masofaviy malaka oshirish kurslari boshlandi. Shuningdek, nomzodlar uchun vazirlik va idoralarda amaliyot, xorijiy stajirovka ham tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Milliy kadrlar zaxirasi — davlat fuqarolik xizmatida rahbar kadrlar tarkibining barqarorligi va sifatini ta’minlash, davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyalarini oshirish hamda xizmatchilarni lavozim bo‘yicha ko‘tarish maqsadida tashkil etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring