Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent mahallalarida daraxt va gullar ekish ko‘paytiriladi

Toshkent mahallalarida daraxt va gullar ekish ko‘paytiriladi

Foto: «Telegraph»

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri mahallalarini obod qilish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga to‘xtaldi.

Rahbarlar har bir mahallada ko‘chalar va ariqlar bo‘ylari, ko‘p qavatli uylar atrofiga mevali va manzarali daraxtlar, terak qalamchalari va gul ko‘chatlari ekishni tashkil etishi zarur.

«Yana bir masala — biz o‘tgan yili poytaxtdagi 579 ta mahallaning har biriga 2 mlrd so‘mdan, jami 1 trln 158 mlrd so‘m mablag‘ ajratib, ichki yo‘llarni qurish-ta’mirlash bo‘yicha katta ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirdik.

Bu chora juda yaxshi samara berganini hisobga olib, joriy yilda ham har bir mahallaga respublika budjetidan 1 mlrd so‘mdan, mahalliy budjetning qo‘shimcha daromadlari hisobidan yana 1 mlrd so‘mdan ajratiladi va ichki yo‘llar yaxshilanadi», — dedi Prezident.

Bundan tashqari, Toshkent shahri budjetining prognozdan yuqori tushumi hisobidan 200 mlrd so‘m mablag‘ mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltiriladi.

«Toshkent shahri mahallalarini obod va ko‘kalamzor qilish ishlari, avvalambor, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish, ularni rozi qilishga yo‘naltirilgan», — dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish yakunida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring