Radar endi devor ortini ham «ko‘radi»
Isroilda «devor ortini ko‘ruvchi» radar — «Xaver 1000» ishlab chiqildi.
Devor ortidagi obyektlarni ham «ko‘ruvchi» yangi avlod portativ radaridan razvedka bo‘linmalari, kuch ishlatar tizimlar va qutqaruvchilar foydalanishi mumkin, deb yozdi «Defence Blog». Qurilma sun’iy intellektga asoslangan nishonlarni kuzatish algoritmi hamda devorlar ortidagi statik ob’yektlarni vizuallashtiruvchi funksiyaga ega.
Ta’kidlanishicha, vizualizatsiya o‘lchami shunchalik yuqoriki, «Xaver 1000» devor ortidagi odam tik turibdimi yoki o‘tiribdimi, hatto uning tana a’zolarigacha farqlay oladi.
Radar 10,1 dyuymli sensor ekran va uni o‘rnatish uchun shtativdan iborat. Olingan ma’lumotlarni yozib olish xususiyatiga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter