Quyoshda kuchli portlash: ertadan Yerda magnit bo‘ronlari kutilmoqda
26-avgust kuni Quyoshda M toifali portlash yuz bergan. Quyoshning Yerga qaragan AR3089 nomli dog‘idan ulkan plazma oqimi otilib chiqqan. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, u ertaga, 29-avgust kuni Yerga yetib keladi va geomagnit bo‘ronlariga sababchi bo‘ladi, deb yozdi Live Science.
Fazoviy ob-havoni kuzatuvchi ekspertlar shu haftada Quyoshda navbatdagi kuchli portlash yuz berishidan ogohlantirishgandi.
Magnit bo‘ronlari bir necha kun davom etishi, GPS tizimlari, radioaloqa va energiya tizimlariga ayrim ta’sirlari bo‘lishi kutilmoqda. Biroq ekspertlar bu ta’sirlar qisqa muddatli xususiyatga ega bo‘lishini aytishgan.
Geomagnit bo‘ronlarining natijasida sayyoramizning ham shimoli, ham janubida qutb yog‘dulari paydo bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter