Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyosh panellarini import qilganda bojxona to‘lovini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi

Quyosh panellarini import qilganda bojxona to‘lovini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi

Hukumatning joriy yil 8-yanvardagi 13-son qarori bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kun muddatga foizlar undirilmagan holda kechiktirib to‘lashga ruxsat berilmoqda.

Mazkur import qilish faoliyati bilan 3 yildan ortiq davr mobaynida shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarib kelgan tadbirkorlarga esa 6 oy muddatga bojxona to‘lovlarini ta’minlash qo‘llanilmagan holda, bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Bunda tadbirkorlar tomonidan oxirgi 3 yil davomida to‘langan bojxona to‘lovlarining miqdori to‘lov muddati uzaytiriladigan summaning 50 foizidan oshmaydigan miqdorini tashkil etishi lozim.

2024-yil 1-martdan esa texnik hujjatlarida yoki markirovkasida quyosh elementlarining sifat ko‘rsatkichlarini ifodalovchi «A», «V», «S» va «D» tegishli sinfi to‘g‘risidagi axborotlar mavjud bo‘lmagan quyosh panellarini chetdan olib kirish taqiqlanadi.

Quyosh panellari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritiladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini baholash bo‘yicha sinov laboratoriyasi faoliyati tashkil etiladi.

Bundan tashqari import qiluvchilar tomonidan «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi orqali «O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» DUKning muvofiqlikni baholash organlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini sertifikatlashtirish uchun ariza yuborish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, Bojxona qo‘mitasi tomonidan:

  • 2024-yil 1-fevralgacha «Yashil energiya» axborot tizimi to‘liq funksional rejimida ishga tushiriladi va Energetika vazirligiga o‘tkazilishi ta’minlanadi;
  • «Yashil energiya» axborot tizimining uzluksiz ishlashi va kiritilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi doimiy nazorat qilinadi. 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring