Bugun va ertaga quyidagilar tavsiya etiladi
Shanba va yakshanba kunlari (18-19-iyul va 25-26-iyul) respublika miqyosida avtotransport vositalari, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, shanba va yakshanba kunlari quyidagi 2 toifa avtomashinalarga harakatlanish uchun ruxsat beriladi:
- maxsus ruxsatnoma (stiker)lari bor mashinalar;
- maxsus ruxsatnoma (stiker)siz yurish huquqiga ega bo‘lgan avtomashnalar. Ularning to‘liq ro‘yxati bu yerda.
Oziq-ovqat do‘konlari shanba va yakshanba kunlari faoliyatini davom ettiradi, yopilmaydi!
Shanba va yakshanba kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:
- aholiga — «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga qat’iy rioya etgan holda o‘z uylarida qolish;
- davlat organlari va muassasalari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga — xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter