Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyichirchiqda gaz portlashi sabab 2 kishi vafot etdi

Quyichirchiqda gaz portlashi sabab 2 kishi vafot etdi

Foto:«Tergov.uz»

11-noyabr kuni Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani Surun mahallasidagi uylarning birida gaz to‘planib chaqnashi natijasida portlash sodir bo‘lgan.

Oqibatda 2 nafar shaxs vafot etgan. Bu haqda  IIV huzuridagi Tergov departamenti rasmiy saytida ma’lumot berildi. 

Hodisa sodir bo‘lgan joyida tergov tezkor guruhi ishlamoqda.

Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyilad departament xabarida.

Avvalroq Nukus va Qarshida is gazidan 10 nafar kishi zaharlangani xabar qilingan edi. Ulardan 2 tasi vafot etgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring