Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qur’on musobaqasining final bosqichi, payg‘ambar(s.a.v.)ni haqoratlagan hind, bokschilarimizning g‘alabasi, Toshkentdagi poygalar va boshqa xabarlar

Qur’on musobaqasining final bosqichi, payg‘ambar(s.a.v.)ni haqoratlagan hind, bokschilarimizning g‘alabasi, Toshkentdagi poygalar va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 15-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashadi

Shuningdek, tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi va ikki tomonlama hamda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Jamiyat

Endi vazni sun’iy oshirilgan tovuq go‘shtiga chek qo‘yiladi

«O‘zstandart» agentligi Parrandachilik sanoati uyushmasi bilan hamkorlikda tovuqlar, jo‘jalar, broyler-jo‘jalarning nimtalari va ularning bo‘laklari uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti (O‘zDSt 3308:2018)ni qabul qildi.

Respublikamizning barcha hududlarida Adliya vazirligining yuridik kollejlari tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari lavozimi bo‘yicha yuridik kollejlari direktorlari hisoblanadi.

Bir kelib keting, qishlog‘imizga...

Har gal bu dilga yaqin qo‘shiqni tinglaganda qalbingizni olis bolalik xotiralari, so‘lim qishloqlar sog‘inchi chulg‘ab oladi, tarovatli bog‘lar xayoli, ketmoniga suyangan samimiy va oddiy mehnatkash insonlar qiyofasi ko‘z o‘ngingizda gavdalanadi.

Qur’on musobaqasining final bosqichi o‘tadigan joy va sanalar aniq bo‘ldi

«Minor», «Shayx Zayniddin» va «Hazrati Imom» masjidlariga tomosha uchun monitorlar qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi markaziy masjidlarga o‘rnatiladigan katta ekranlar orqali ham musobaqa jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish mumkin.

Oq paketchalar — ularning ichida nima bor?

Avtomobillardan ham namlik tufayli noxush hid chiqishi mumkin. Buni yo‘qotish uchun bir nechta paketcha yetarli emas, do‘konlarda sotiladigan silikageldan bir kilochasini sotib olishingiz kerak, shunda mashina saloni ham quruq saqlanadi, ham dimoqni yoradigan hidlardan qutulasiz.

Namanganda yosh oilalarga uy va avtomashinalar berildi

Bungacha Mingbuloq, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, To‘raqo‘rg‘on, Uychi va Namangan tumanalarida «Yoshlar uyi» foydalanishga topshirilgan edi.

Hodisa

Toshkentda «BMW» yo‘l o‘rtasidagi beton ustunni ag‘dardi (foto)

Telegramdagi «Drivers.uz» kanalida Toshkent avtomobil halqa yo‘lining Yunusobod 19-mavzesi hududida yuz bergan YTH suratlari e’lon qilindi.

Toshkentda yarim kechasi poyga uyushtirganlar ushlandi

Toshkent shahri hududida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmasdan katta tezlikda harakatlanayotgan, shuningdek, poyga uyushtirayotgan transport vositalariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda yashaymizu, to‘yib olma yemaymiz

– Narxi qancha? – so‘rayman sotuvchidan «besh yulduz» deb nom olgan olmani ko‘rsatib. – Kichikrog‘i o‘n to‘rt ming, kattasi o‘n sakkiz ming, – deydi. Ha, qip-qizil, navi yaxshi olmaning narxi o‘ziga yarasha degancha mayda, ko‘m-ko‘k olmalar yoniga boraman. – Ko‘k olma necha pul? – Maydasi to‘qqiz ming, kattasi o‘n uch...

Sport

Chempionlar ligasida «kambek»lar o‘nligi

Yevropa chempionlar ligasi «kambek»lari haqida.

Finalga chiqqan yetti bokschimizdan olti nafari g‘olib bo‘ldi

Kecha boks bo‘yicha Fransiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda sakkiz bokschimizdan yetti nafari finalga chiqqani haqida xabar bergan edik.

Texnologiya

Sun’iy intellekt Vashingtonni «portlatish»ga yordam berdi (video)

Olimlar yadroviy portlash yirik shaharlarga qanchalik zarar yetkazishini aniqlash maqsadida Vashington shahri modelini uning fuqarolari bilan birgalikda yaratdi.

Dunyo

Eronning Halab yaqinidagi harbiy bazasida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Hodisa guvohlari hodisa ro‘y bergan vaqtda osmonda Isroil harbiy havo kuchlari qiruvchi samolyotlarini ko‘rishgan.

Suriya masalasi: har kim o‘zinikini ma’qullamoqda

BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyaning taklifini rad etganidan keyin bir necha soat o‘tib, AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya Suriya masalasi bo‘yicha o‘z rezolyusiyasini bayon qilishdi.

Hindistonlik kishi Muhammad(s.a.v.)ni haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortildi

34 yoshli hindistonlik karikaturani 2017-yilning sentyabrida e’lon qilgan. Mazkur ma’lumotni esa politsiyaga uning hamkasbi yetkazgan.

Tavsiya qilamiz

Lola Hotamova: «27 yildan keyin zangori ekranga qaytdim»

«Hatto tushlarimda ham mikrofon ushlab, kamera qarshisida turganimni ko‘rardim, rosa xumori tutardi. Mana, 27 yildan keyin yana zangori ekran orqali muxlislar bilan uchrashish nasib etdi. Lekin, ochig‘i, rosa hayajon bosdi, hatto ovozim ham o‘zgardi, bu o‘zimga ham sezildi (ko‘ziga yosh oladi). Albatta, xursandligimning chek-chegarasi yo‘q. Ayniqsa, meni unutishmagani, hali ham...

O‘qituvchi dardi

O‘qituvchi — ijodkor, tadbirkor emas. Uni tekshir-tekshir qilib, qog‘ozbozlikka ko‘mib, hech qachon natijaga erishib bo‘lmaydi. Uning ham oilasi, bola-chaqasi bor, lekin kunda-kunora jaraq-jaraq daromad keltiradigan korxonasi yo‘q.

Munosib yashashning 10 qoidasi

Hammaga yashash uchun 24 soat beriladi. Hayot mana shu — bizga berilgan lahzalar sarhisobi. To‘g‘ri, u qisqa. Ammo qadriga yetib, o‘tkinchi hayotning mohiyatini tushunib oqilona yashalsa, bu — bir marta huzurlanib yashash uchun yetarli fursat. Garchi hayot yillar bilan o‘lchansa ham, biz umr deganda baxtli daqiqalar, go‘zal xotiralarni eslaymiz.

«Kuyovchak» turkumidan. O‘n sakkizinchi bahorni ko‘rmagan qiz

Xayrlashdik. Negadir ko‘z o‘ngimdan yuzlari za’faron, darddan toliqib qolgan qizning ma’yus chehrasi namoyon bo‘ldi. Shu damda qizginaning opasi turmushga chiqayotgan kuyovchakdan ham nafratlandim.

«Men bilan suratga tushing...»

Boshlandi tomosha! O‘yin-kulgi, bazmi jamshid avjiga chiqdi. Yarim soat ichida hayhotday to‘yxona o‘rtasida hatto yurishga ham joy qolmadi. O‘tirgan mehmonlar hisobli, katta-yu kichik davrada: tavba, bu dunyoda hamma raqqosa-yu, hamma havaskor qo‘shiqchi(to‘yga kelganlardan ayrimlarining musiqachilar yoniga o‘tib o‘zlaricha jo‘rovoz ham bo‘lganiga ne deysiz?)ga «aylandi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring