Qurilish tashkiloti mas’uli firibgarlik ustida qo‘lga tushdi
Huquq-tartibot organi vakilining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, keyingi paytlarda Buxoroda fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlashda noqonuniy hatti-harakatlarni sodir qilayotgan shaxslar oshib bormoqda.
Ta’kidlanishicha, qurilish tashkilotlaridan birida mas’ul vazifada ishlovchi fuqaro X.B. Olot tumanidagi «Bo‘ribek Chandir» mahallasida yashovchi o‘z hamqishlog‘i H.S. ga ko‘p qavatli uylardan uy olib berishni va’da qilgan. U hamqishlog‘iga qurilishi tugallanmagan bir uyning kadastr hujjatini ko‘rsatgan va uni 15.000 AQSh dollariga sotishini aytgan.
U o‘z «mijozi»dan 2022-yil 9-avgust kuni 2.800 AQSh dollari, 17-avgust kuni 1.200 AQSh dollari hamda 18-avgust kuni 1.000 AQSh dollari, jami 5000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini go‘yoki tilxat asosida olgan. Pullarning qolgan qismini esa uyning hujjatlarini rasmiylashtirganidan so‘ng to‘liq yetkazishi shartligini bildirgan. Biroq, ko‘p qavatli uy o‘zboshimchalik bilan qurilgani bois, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishning imkoni bo‘lmagan. Oradan bir yildan ortiq vaqt o‘tganiga qaramasdan, X.B. hamqishlog‘iga uning pullarini qaytarib bermagan va o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter