Qurbon hayiti sanasi ma’lum qilindi
Misr Arab Respublikasidagi «Dorul Ifto» fatvo hay’ati tomonidan hijriy 1441-yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisob bo‘yicha 2020-yil 22-iyul kuniga to‘g‘ri kelayotgani e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
«Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida haj ibodatini ado etayotganlar cheklangan adaddagi mahalliy ziyoratchilar 2020-yil 30-iyul, arafa kuni Arafot tog‘ida jam bo‘ladilar.
2020-yil 31-iyul, juma kuni esa Zulhijja oyining 10-kuni bo‘lib, Islom olamidagi eng ulug‘ bayram Iydul-Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘ladi, insha Alloh», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter