Quloqchin taqib yo‘ldan o‘tayotgan velosipedchini «Kaptiva» urib yubordi
21-may kuni soat 19:05 larda Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Q.Rumiy ko‘chasi, 6-uy qarshisida haydovchi 1971 y.t. A.V. (erkak) «Kaptiva» rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan qulog‘iga quloqchin taqqan holatda velosiped boshqarib o‘tayotgan, 1985-y.t. N.Ya.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada velosipedchi, 35 yoshli N.Ya. (erkak) olgan tan jaroxatlari oqibatida YTH joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Barcha haydovchilardan yo‘llarda piyoda va velosipedchilarga e’tiborli bo‘lishlarini, belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilishlarini, piyoda va velosipedchilar yo‘ldan o‘tayotgan vaqtlarida quloqchin va boshqa vositalardan foydalanmasliklarini so‘rab qolamiz», deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter