Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qrim ko‘prigini portlatishni taklif qilgan nashr muharririga qarshi ish qo‘zg‘atildi

Qrim ko‘prigini portlatishni taklif qilgan nashr muharririga qarshi ish qo‘zg‘atildi

Foto:«EADaily»

Rossiya tergov qo‘mitasi AQShning «Washington Examiner» internet nashri muharririga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Mazkur ish jurnalist Tom Roganning Kerch bo‘g‘ozi orqali Qrimga o‘tkazilgan ko‘prikni portlatish haqidagi taklifidan keyin ochilgan. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, haftalik jurnalning muharriri Roganning maqolasini ma’qullagan va joylashtirgan, bu huquqni himoya qiluvchi organlar tomonidan terrorizm targ‘iboti deya baholanmoqda.

«O‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra «Washington Examiner» internet jurnali muharriri Ugo Gurdonga qarshi jinoiy ish ochildi», — deyiladi tergov bayonotida.

Avvalroq maqola muallifi Tom Roganga nisbatan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring