Qozonda 150 ming kishi suvsiz qoldi
Qozonda sodir bo‘lgan avariya tufayli 150 ming kishi sovuq suvsiz qoldi. Bu haqda Tatariston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shaharning Agrar – Jiganov ko‘chalari chorrahasida kabel uzilib ketgan. Shu sababdan Sharqiy suv quvuri tarmog‘i elektrsiz qolgan.
«Qozon tumanida 340 ta ko‘pqavatli uy xonadonlari, 860 ta hovli, 124 ta ma’muriy bino, 26 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 8 ta maktab, 2 ta mehmonxona, 3 ta isitish tizimi sovuq suvsiz qolgan», – deyiladi xabarda.
Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ish olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter