Qozog‘istondagi Prezidentlik saylovi natijalari e’lon qilindi

Qozog‘istondagi Prezidentlik saylovi natijalari e’lon qilindi. Mazkur saylovda amaldagi davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev saylovchilarning 81,31 foiz ovozini to‘plab g‘olib bo‘ldi. U endi yaqinda qabul qilingan yangi tartibga ko‘ra, bir marta – 7 yilga davlatni boshqaradi.
Shuningdek, qolgan nomzodlar quyidagicha:
Jiguli Dayrabayev – 3,42 foiz
Karakat Abden – 2,60 foiz
Meyram Kajiken – 2,53 foiz
Nurlan Auyesbayev – 2,22 foiz
Saltanat Tursinbekova – 2,12 foiz ovoz to‘plagan.
5,8 foiz saylovchilar esa barcha nomzodlarga qarshi ekanini bildirishgan.
Ma’lumot uchun, inauguratsiya joriy yil 26-noyabrga belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter