Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklarga murojaat yo‘llandi
Ijtimoiy tarmoqlarda «joriy yilning 10 noyabridan 21 noyabrigacha Qozog‘iston hududida hujjatlarsiz, ya’ni hujjati bo‘lmagan yoki migratsiya qonunchiligini buzgan fuqarolarning tark etishi so‘raldi», mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Natijada Qozog‘iston hududida ishlab yurgan o‘zbekistonliklar o‘rtasida turli tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
Migratsiya agentligi ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston Respublikasi hukumatining 2022 yil 31 dekabrdagi 1146-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Qozog‘iston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab, 30 kungacha bo‘lib turishi mumkin. Ammo, umumiy bo‘lish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak, ya’ni fuqaro uzluksiz 90 kalendar kunidan ortiq Qozog‘istonda bo‘lib turishi mumkin emas.
«Qozog‘istonga ishlash maqsadida borayotgan O‘zbekiston fuqarolari 30 kun ichida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgach, ish beruvchi uni Xalqqa xizmat ko‘rsatish markazida ro‘yxatga kiritib, 3 oygacha bo‘lgan muddatga ishlash va yashash uchun ruxsatnoma olish yoki salohiyatli ish beruvchilar tomonidan kvota asosida ishga jalb qilish tartibi mavjud», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter