Qozog‘istonda kuchli portlash sodir bo‘ldi (video va fotosuratlar)
Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, portlash 7-noyabr kuni kechqurun taxminan 21:20 (Nur-Sulton vaqti bilan 22:20) da sodir bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Tengrinews.kz»ga ma’lum qilishicha, Aktau shahri 29A mikrorayonidagi ikki qavatli «Ayanat» kafesida noma’lum sabablarga ko‘ra portlash sodir bo‘lgan, natijada inshoot butunlay vayron bo‘lgan.
«Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Portlash sabablari va vayronagarchilik hududi aniqlanmoqda», — dedi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Talgat Uali.
Mangistau viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, portlash haqidagi xabar boshqarmaga soat 22:25 da kelib tushgan.
Avvalroq Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi «Abayskaya» konida metan gazi chiqishi natijasida olti nafar konchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter