Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda ikki o‘zbekistonlik baxtsiz hodisa tufayli og‘ir jarohat oldi

Qozog‘istonda ikki o‘zbekistonlik baxtsiz hodisa tufayli og‘ir jarohat oldi

Joriy yilning 13-fevral kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati Aqtau shahridagi shina ta’mirlovchi ustaxonalarning birida sodir bo‘lgan yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik og‘ir kuyish tan jarohatini olgan.

«Kazinform» axborot agentligi xabariga ko‘ra, soat 21:40 atrofida Aqtau shahrining 28a mavzesidagi shina ta’mirlash ustaxonasida yong‘in chiqib, shinalar yonib ketgan. Yong‘in 42 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Voqea joyiga FVDning 12 nafar xodimi va 3 ta maxsus texnikasi yetib kelgan.

Yong‘in soat 22:04 da to‘liq o‘chirilgan.

Mang‘istau viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in bir necha hududlarga o‘tganini ma’lum qildi.

Yong‘in vaqtida O‘zbekiston Respublikasining ikki nafar fuqarosi termik kuyish jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ular Mang‘istau viloyat shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

«Yong‘in paytida jarohatlangan ikki kishining ahvoli og‘ir. Ular reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. To‘liq holatlar tegishli choralar ko‘rilganidan keyin ma’lum bo‘ladi», – deyiladi viloyat shifoxonasi matbuot xizmati xabarida. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring