Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga qimor o‘yinlarida qatnashish taqiqlandi

Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga qimor o‘yinlarida qatnashish taqiqlandi

Qozog‘istonda davlat xizmatchilari va huquq-tartibot idoralari xodimlariga qimor o‘yinlarida qatnashish taqiqlandi.

Bu borada prezident Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatda qimor biznesini tartibga soluvchi qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritishga doir hujjatni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, qimor/garov o‘yinlarida ishtirok etishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatiga harbiy xizmatchilar, budjet tashkilotlari rahbarlari, shuningdek qarzdorlar reyestriga kiritilgan fuqarolar ham kiradi.

Shu bilan birga, mas’ul davlat lavozimlarini egallagan, davlat funksiyalarini bajarishga vakolatli shaxslar, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslarning qimor o‘yinlarida ishtirok etishi cheklangan, ammo taqiqlanmagan.

Jumladan, davlat rahbarining o‘zi ham kazinoda o‘ynash yoki lotereyada qatnashish huquqiga ega.

Cheklovlarga rioya qilmaslik ularning ishdan bo‘shatilishiga olib keladi.

Qonunda qimor biznesi tashkilotchilari faoliyatini tartibga solish mexanizmlari ham mustahkamlangan. Turizm va sport vazirligiga qimor biznesi sub’yektlari qoidalari rioya etishi shart bo‘lgan qimor o‘yinlari shoxobchasi, bukmekerlik idorasi, totalizator faoliyati, garovlar qabul qilish va qimor/garov o‘yinlari o‘tkazishning namunaviy qoidalarini tasdiqlash topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring