Qozog‘istonda 5 oy avval yo‘qolgan o‘zbekning jasadi topildi
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi dashtda 5 oy avval bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi — cho‘ponning jasadi topilgan.
Mahalliy nashr xabariga ko‘ra, bir dehqon xo‘jaligida ishlaydigan bu cho‘pon 2021 yil dekabrda dashtga chiqib ketib, qaytib kelmagan. 42 yoshli o‘zbekni qidirish ishlari samara bermagach, ish yopilgandi.
Lekin Qizilkogin tumani uchastka inspektori o‘ziga biriktirilgan hududni ko‘zdan kechirayotgan paytda xo‘jalikdan 3 km. uzoqlikda erkak kishining jasadini topgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur jasad 5 oy oldin yo‘qolgan cho‘pon N.B.ga tegishli bo‘lib chiqqan. O‘lim sabablari aytilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 2 may kuni uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan cho‘ponning jasadi 13 may kuni jarlikdan topilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter