Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda 12 iyun motam kuni deb e’lon qilindi

Qozog‘istonda 12 iyun motam kuni deb e’lon qilindi

Qozog‘istonning Abay viloyatida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inida halok bo‘lganlar xotirasi uchun 12 iyun kunini Qozog‘istonda umummilliy motam kuni deb e’lon qilindi.

Qozog‘iston rahbari «Semey ormanı» qo‘riqxonasidagi keng ko‘lamli yong‘in oqibatida halok bo‘lgan o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining oila a’zolari bilan uchrashdi. Qosim-Jo‘mart To‘qayev ularga hamdardlik bildirib, mamlakatda motam kunini e’lon qilgan.

«Men bu yerga maxsus hamdardlik bildirish uchun keldim. Bu butun xalqimiz uchun katta fojia. Ushbu qiyin daqiqada kuchli bo‘ling. Qayg‘uyingizga sherikman. Hukumatga sizga har tomonlama yordam berishni topshirdim, xoh moddiy, xoh boshqa yordam. Hukumatga va shaxsan menga murojaatlar bo‘lsa, gapiring, iltimos, murojaatlaringizni bildiring. Ularning barchasini, albatta, biz qoniqtiramiz. Albatta, afsuski, o‘liklarni qaytarib bo‘lmaydi, lekin hayot davom etmoqda. Lekin bir narsani aniq aytmoqchiman, bu fojiaga aybdor bo‘lganlar qonun doirasida javobgarlikka tortiladi. 12-iyun kunini umumxalq motam kuni deb e’lon qilaman. Biz siz bilan birga qayg‘uramiz, o‘lganlarning ismlarini eslaymiz. Men sizdan kuchli va xotirjam bo‘lishingizni so‘rayman. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarmi, vazirliklarmi, barcha sohalarda tegishli choralar ko‘riladi. Endi men yig‘ilish o‘tkazaman, biz bu voqeani albatta o‘rganamiz», – deydi To‘qayev.

Ma’lum bo‘lishicha, prezident tomonidan Favqulodda vaziyatlar vaziri ishdan chetlatilgan.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘inlarida jami 14 kishi halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring