Qozog‘iston «yashil» sayyohlik yo‘nalishiga kiritildi
Britaniyaning Wanderlust jurnali Sharqiy Qozog‘istondagi Katonqarag‘ay tumanini «yashil» sayyohlik yo‘nalishi (Travel Green List)ga kiritdi.
Ushbu ro‘yxatga, shuningdek, Yaponiyadagi madaniy-ma’rifiy markazlar, Singapurdagi temir yo‘l o‘rnida barpo etilgan tabiat qo‘riqxonasi kiritilgan.
Britan nashri Qozog‘istondagi uchta tuman, jumladan, Katonqarag‘ayda hayot sifatini yaxshilash maqsadida 2019-yilda tashkil etilgan Qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish fondi faoliyatiga yuqori baho berdi. Qozog‘istonliklarning mehmonxonalar egalarini o‘qitish, mehmondo‘stlik maktablarini ochish, sayyohlar uchun yo‘l belgilarini o‘rnatish, sayyohlik axborot markazlarini moliyalashtirish kabi tashabbuslari alohida ta’kidlangan. Bu ishlar natijasida hududda barqaror sayyohlik hamjamiyati yuzaga kelib, turistlar uchun sharoitlar yaxshilangani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter