Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston va Armaniston KXShTdan chiqib ketadimi?

Qozog‘iston va Armaniston KXShTdan chiqib ketadimi?

Qozog‘iston va Armaniston KXShTdan chiqishni xohlayotgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi bunga izoh berdi.

Vazirlik rasmiy vakili Oybek Smadiyarov bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

«Bir necha kun avval KXShTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

U yerda tashkilotchilikni rivojlantirish va ushbu tashkilot doirasidagi o‘zaro hamkorlikning keyingi yo‘llari muhokama qilindi, biz bu yo‘nalishda ishlayapmiz», — deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Qorabog‘ voqealar fonida Rossiya va Armaniston munosabatlarida taranglik vujudga keldi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan «Rossiya Janubiy Kavkazdan chiqib ketayotganini» aytdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring