Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston tug‘ilgan har bir bolaga bankda hisob raqam ochmoqchi

Qozog‘iston tug‘ilgan har bir bolaga bankda hisob raqam ochmoqchi

Qozog‘iston moliya vaziri o‘rinbosari Dauren Temirbekov Milliy jamg‘arma daromadlarining bir qismini ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar bolalarga to‘lab berishga oid mexanizm loyihasini ma’lum qildi.

«Kazinform»ning rasmiyga tayanib ma’lum qilishicha, Milliy jamg‘arma mablag‘larining 50 foizi barcha yoshdagi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida taqsimlanadi.

Rossiyaning RBK nashri taqsimlanadigan mablag‘larning har yili mamlakat tabiiy resurslarini qazib olishdan olingan daromadlar hisobidan qoplanishiga ishora qilmoqda. 

Dauren Temirbekov «Bolalar milliy jamg‘armasi» loyihasi doirasidagi jamg‘arma hisob raqamlari bola tug‘ilgandan so‘ng darhol avtomatik tarzda ochilishini va 18 yoshgacha har yili 1-yanvar kuni to‘ldirib borilishini ma’lum qildi.

Hisobdan pul mablag‘larini faqat voyaga etganidan keyin ishlatish mumkin bo‘ladi. Hisobdagi mablag‘lar soliqdan ozod qilinadi.

Hisobdan to‘lovlar faqat maqsadli ehtiyojlar uchun - ta’lim yoki uy-joy sotib olish (faqat Qozog‘iston hududida) uchun amalga oshiriladi. Shuningdek, 18 yoshga to‘lgan hisob raqam egasiga xorijiy ta’lim muassasasida o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirish uchun ushbu mablag‘lardan foydalanishni cheklamaslik ham ko‘zda tutiladi.

18 yoshga to‘lgach, hisobdagi mablag‘lar 5-10 yil davomida saqlanadi. Agar ular talab qilinmasa, ularni pensiya hisobvarag‘iga o‘tkazish taklif etiladi. Bundan tashqari, bu mablag‘lar meros qilib olinishi ham mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring