Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziriga sud hukmi o‘qildi

Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziriga sud hukmi o‘qildi

Ostona jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi Qozog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Erlan Turg‘umbayevni shartli ravishda besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar berdi. 

«Sud hukmi bilan Turg‘umboyev aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi», — deyiladi hukmda. Sudlanuvchi 10 yilga muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilingan.

Xabarda qayd etilishicha, Turg‘umboyevga nisbatan korrupsiya jinoyati alomatlari bo‘lmagani uchun uning jazosi shartli deb hisoblanadi. Sud mahkumning o‘z aybiga iqror bo‘lishi va chin dildan pushaymonligini inobatga olganini ta’kidladi.

Sobiq ichki ishlar vazirining Qozog‘istonda qo‘lga olingani aprel oyi oxirida ma’lum bo‘lgan edi. Turg‘umboyev 2022-yilning yanvar oyidagi ommaviy tartibsizliklar paytida mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblangan va bu og‘ir oqibatlarga olib kelgan.

Qozog‘istonda o‘sha davrda besh mingdan ortiq tartibsizlik ishtirokchisi qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring