Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston Rossiyaga urushda foydalanish mumkin bo‘lgan tovarlar eksportini taqiqladi

Qozog‘iston Rossiyaga urushda foydalanish mumkin bo‘lgan tovarlar eksportini taqiqladi

pixabay.com

Qozog‘iston Rossiyaga urushda ishlatilishi mumkin bo‘lgan 106 turdagi tovarlarni eksport qilishni taqiqladi. Bu haqda Kaztag nashri mamlakat Savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Qayrat Torebayevga tayanib ma’lum qilmoqda.

«Biz (Rossiyaga, -tahr.) barcha tovarlar eksportini amalga oshiraveramiz. Faqat urushda foydalanish mumkin bo‘lgan tovarlar bundan mustasno. Gap 106 turdagi tovarlar haqida ketyapti - biz ularni eksport qilishni butunlay taqiqladik», – dedi Torebayev payshanba kungi Senat majlisida.

Qayd etilishicha, bu mahsulotlar sirasiga dronlar, elektron chiplari va urushda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan boshqa elektron texnikalar kiradi.

«Ko‘rsatilgan 106 nomdagi mahsulot Qozog‘istonda ishlab chiqarilmaydi, lekin avvalroq (ya’ni Rossiya-Ukraina urushiga qadar, -tahr.) Qozog‘iston orqali reeksport qilingan. Qozog‘istonga import amalga oshiriladi, lekin eksport amalga oshirilmaydi. Ular nafaqat G‘arbda, balki boshqa mamlakatlarda ham ishlab chiqariladi», – tushuntirgan Torebayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring