«Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiyalar rejimiga amal qiladi» – To‘qayev
Qozog‘iston Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar rejimiga amal qiladi va Berlin bu borada hech qanday xavotirga tushmasligi kerak. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokaradan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Qozog‘iston sanksiyalarni chetlab o‘tish ehtimoli bo‘yicha sanksiya rejimiga amal qilishini aniq ma’lum qildi. Sanksiyalar rejimiga rioya qilish uchun tegishli tashkilotlar bilan aloqalarimiz bor. Menimcha, Germaniya tomonidan sanksiyalarni chetlab o‘tishga qaratilgan harakatlar bo‘yicha xavotir bo‘lmasligi kerak», – degan To‘qayev.
Shuningdek, Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi dushmanchilikni to‘xtatishga va BMT me’yorlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga yordam berishini ta’kidladi.
«Rossiya ham, Ukraina ham muzokaralarga tayyor, lekin bu uchun aniq platforma hozircha yo‘q. Ikki tomon ham bir-birini ayblashni bas qilishi va ikki tomonni ham qoniqtiruvchi takliflar ishlab chiqilishi lozim», – deydi Qozog‘iston rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter