Qozog‘iston bilan chegarani belgilashga oid shartnoma ratifikatsiya qilindi
Prezident joriy yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi Shartnoma (Toshkent, 2022-yil 22-dekabr)ni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Shartnomaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi Davlat chegarasining demarkatsiya qilingan chizig‘i uzunligi 2 356 kilometrdan ortiq.
Shartnoma bilan O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini belgilash bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlandi hamda chegara xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash uchun eng muhim shart-sharoitlar yaratildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter