Qozog‘iston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

Qozog‘iston Afg‘onistonga insonparvarlik ko‘magining ikkinchi qismini yetkazib berdi. Afg‘oniston favqulodda vaziyatlar vazirligiga topshirilgan ko‘mak dori-darmon, tibbiy uskunalar va shaxsiy himoya vositalaridan iborat.
Qariyb 3,4 tonnalik insonparvarlik ko‘magi Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida, KazAID ko‘magida havo yo‘li orqali yetkazilgan.
Qozog‘iston qo‘shni davlatga bir necha kun avval temiryo‘l orqali 2,2 ming tonna ko‘mak yo‘llagandi.
Ostona avval ham kuchli zilziladan aziyat chekayotgan Afg‘onistonga gumanitar ko‘mak jo‘natgan.
Qozog‘iston Afg‘oniston bilan yillik savdo aylanmasini bir milliard dollardan uch milliard dollarga oshirish rejasini ham e’lon qilgan.
O‘zbekiston ham bag‘rikenglik va yaxshi qo‘shnichilik ramzi sifatida Afg‘onistonga muntazam ravishda insonparvarlik yuki yetkazib bermoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston afg‘on xalqiga zarur yordam ko‘rsatishni bundan buyon ham davom ettirishini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter