Qozog‘iston 9 may tadbirlaridan voz kechmoqda
Qozog‘istonda 2023 yilda harbiy parad o‘tkazish rejalashtirilmagan. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mudofaa vazirligi «budjet mablag‘larini tejash, shuningdek, boshqa muammolarni hal qilish zarurati sababli» harbiy parad rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.
«Jumladan, Qozog‘iston Qurolli Kuchlari bo‘linmalarining jangovar tayyorgarligi va harakatchanligini talab darajasida saqlash ustuvor vazifadir», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, «7 va 9 mayga qadar boshqa tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar yaqin kunlarda vazirlik saytida e’lon qilinadi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada «O‘lmas polk» yurishi joriy yilda o‘tkazilmasligi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter