Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qotillikda ayblanib, jazo o‘tayotgan mahkum «zona»da ham odam o‘ldirib qo‘ydi

Qotillikda ayblanib, jazo o‘tayotgan mahkum «zona»da ham odam o‘ldirib qo‘ydi

Foto: «sibkray.ru»

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish boshqarmasiga qarashli UYa 64/38-sonli koloniyada qasddan odam o‘ldirgani uchun jazo muddatini o‘tayotgan andijonlik 54 yoshli mahkum Muxtor Qo‘ziboyev jazo muddatini o‘tayotgan boshqa mahkumni urib o‘ldirdi.

«Jahon.uz» internet nashrining xabariga ko‘ra, Muxtor Qo‘ziboyev hamda Eldor Quralov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi UYa 64/38-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lishgan. Ular o‘zaro dastlab 2013-yilning 30-may kuni Qashqadaryo viloyati Shayxali shaharchasidagi UYa 64/49-sonli qamoqxonasida jazo o‘tayotgan vaqtlarida tanishishgan.

Bo‘kadagi manzil koloniyada bu mahkumlarning o‘zaro kelishmovchiligi kundan-kunga yomonlashib boravergan.

Voqea guvohlarining aytishicha, Muxtor Qo‘ziboyev telefon orqali bir qiz bilan gaplashib yurgan va bu holatni Eldor Quralov telefon orqali Muxtorning xotiniga aytgan va haqiqiy ziddiyat shunlardan boshlangan.

Kelishmovchilik natijasida Muxtor Qo‘ziboyev ketmon uchun yasalgan tayoq bilan Eldor Quralovning bo‘yin qismiga uch marta urgani natijasida marhum Eldor Quralov vafot etgan.

Muxtor Qo‘ziboyev esa ushbu holatdan keyin navbatchi o‘tiradigan xonaga borib, navbatchi mahkum Sh.Abduqodirov va U.Zokirovga marhumni urgani haqida xabar bergan va telefon orqali muassasa tezkor xodimi F.M.ga ham bo‘lgan voqeani aytib bergan.

Jazo muddatini o‘tayotgan vaqtida yana qasddan odam o‘ldirgani uchun mahkumga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «r» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring