Qosim-Jo‘mart To‘qayev bugun O‘zbekistonga keladi
Bugun, 21-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev davlat tashrifi bilan Toshkentga keladi.
Ikki kunlik tashrif davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.
Davlat rahbarlari bir qator yirik investitsiya loyihalarini boshlab berishi rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter