Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qosim-Jo‘mart To‘qayev: «Bugun – tarixiy kun...»

Qosim-Jo‘mart To‘qayev: «Bugun – tarixiy kun...»

Foto: Akorda.kz

Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jo‘mart To‘qayev prezidentlik saylovida ovoz berish huquqidan foydalandi. U Ostona shahridagi o‘quvchilar saroyida tashkil etilgan uchastkada ovoz bergan. Oqo‘rda matbuot xizmati xabariga ko‘ra, amaldagi rahbar 20 noyabr – saylov o‘tayotgan kunni tarixiy deb atagan.   

«Bugun – juda muhim, tarixiy kun. Biz yorqin kelajak uchun ovoz bermoqdamiz. Bu yil oson kelmadi, lekin xalqimiz bir mushtga aylanib, barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tdi. Endilikda oldimizda keng ko‘lamli vazifa va maqsadlar turibdi. Ulkan ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Siyosiy islohotlar davom etmoqda», – degan Q.To‘qayev saylov uchastkasida yig‘ilgan jurnalistlar bilan suhbatda.

Avval xabar berganimizdek, Qozog‘istonda bugun erta tongdan muddatidan oldin prezidentlik saylovi boshlandi. Davlat rahbari lavozimi uchun 6 nomzod kurashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Konstitutsiyasiga prezidentlik muddatini 7 yillik qilib belgilash, ayni choqda, bir kishi ikki marta mazkur lavozimga da’vogarlik qilolmasligiga oid tuzatishlar kiritilgan.

Joriy yil mart oyida esa prezident Q.To‘qayev jiddiy siyosiy islohotlar dasturini e’lon qilgan. Unga ko‘ra, siyosiy monopoliyadan bosqichma-bosqich voz kechish, super prezidentlik boshqaruv shaklidan kuchli parlamentga asoslangan prezidentlik respublikasi tizimiga o‘tish ko‘zda tutilgan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring