Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qo‘shnilarning ahvoliga tushib qolmaylik» — mutaxassis aholini jiddiy ogohlantirdi

«Qo‘shnilarning ahvoliga tushib qolmaylik» — mutaxassis aholini jiddiy ogohlantirdi

Ayni daqiqalarda AOKAda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining axborot yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilgani xabar qilingandi.

Matbuot anjumanida IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov butun respublika «qizil hudud»ga aylantirilganini ma’lum qildi.

Mutaxassislar 10 iyuldan joriy etilayotgan karantin choralari hozirgi vaqtda juda zarurligini qayd etishdi.

Xususan, hozir kunda kasallanish ko‘paygani sababli test javoblarini olishga 2-3 kun, ba’zida 1 haftagacha vaqt ketayotgani, bu vaqt ichida bemor xalqni ichida yurib, kasallanish ko‘payishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

«Davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan yana 60ta PZR apparatiolib kelindi. Ulardan foydalanishga shifokorlar o‘qitilmoqda. Ularni qo‘yamiz, sonini ko‘paytiramiz, lekin yuqtirish zanjirini hozir bo‘lmasak, ertaga kuniga 350 tamas, 1000 tadan, xudo ko‘rsatmasin, 1500 tadan kasallik qo‘shila boshlasa, unda bizda sog‘liqni saqlash tizimi to‘liq kollapsga tushadi.

Qo‘shnilarning ahvoliga kelib qolamiz. Ko‘rgandursiz, kasallarni ko‘tarib kelishyaptiyu, kasalxonani eshigini taqqillatishyapti. Lekin ular eshikni ochishayotganiyam yo‘q. Chunki joy ham yo‘q, iloj ham yo‘q, dori-darmon ham yo‘q. Dorixonalar yopiq, koyka o‘rinlari yo‘q. Yaqinlari kasalni ko‘tarib qayerga borishni bilishmaydi. Bu — kollaps. Shunga kelmasligi uchun 20 kunga karantin choralari kuchaytirilyapti. Bir oy, 2 oy emas, atiga 20 kun xalqimiz to‘g‘ri tushunib, karantin qoidalariga amal qilishsa, zanjirlarni uzib olsak, fojiali asoratlarning oldini olgan bo‘lamiz», — dedi Habibulla Oqilov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring