Qo‘shni davlatlar delegatsiyalari rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitida ishtirok etgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailovlarning Toshkentga qilgan tashrifi yakunlandi va o‘z mamlakatlariga jo‘nab ketdi.
Eslatib o‘tamiz, sammit yakunlariga ko‘ra tashkilotga raislik Eronga o‘tdi, navbatdagi sammit esa Ozarbayjonda o‘tkazilishi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter