Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shni davlatlar bilan sheriklikdagi yangi loyihalar ko‘rib chiqildi

Qo‘shni davlatlar bilan sheriklikdagi yangi loyihalar ko‘rib chiqildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 8-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakatimizning Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. So‘nggi besh yilda ular bilan tashqi savdo hajmi 2,5 barobarga ko‘payib, 6 milliard dollardan oshgan. Yurtimizda qo‘shni davlatlar kapitali ishtirokida 1 ming 700 ta qo‘shma korxona ochilgan.

Yig‘ilishda Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga oid yangi loyiha va takliflar ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizda kichik biznesni yanada rivojlantirish maqsadida hududlarning investitsion jozibadorligi milliy reytingini ishlab chiqish tizimi ham muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring