Qo‘shma Shtatlardagi universitetlarning birida otishma sodir bo‘ldi
AQShning Michigan universitetida yuz bergan otishmada kamida uch kishi halok bo‘ldi, besh kishi yaralandi. Bu haqda Euronews nashri xabar bermoqda.
Politsiya universitetga qurolli hujum uyushtirgan shaxsning o‘z joniga qasd qilganini ma’lum qilmoqda.
«Ushbu hodisada gumonlanuvchining jasadi Michigan universiteti kampusidan topilgan. Haqiqatan ham gumonlanuvchi o‘z joniga qasd qilgan», – deydi universitet qo‘riqlash xizmati xodimi Kris Rouzman OAV uchun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Jabrlanganlar orasida og‘ir yaradorlar ham bor, shifokorlar ularning hayoti uchun kurashmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ikkita o‘qotar quroli bo‘lgan 43 yoshli erkak dushanba kuni kechqurun Sharqiy Lansingdagi universitet asosiy kampusida otishma sodir etgan. Uning Michigan universiteti bilan hech qanday aloqadorligi yo‘qligi aytilmoqda.
Hozircha qurolli hujum uyushtirgan shaxsning maqsadi noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter