Qo‘shma Shtatlarda qancha o‘zbekistonlik tahsil olayotgani aytildi
AQShning 1919-yildan buyon yuritib kelinadigan Xalqaro ta’lim almashinuvi bo‘yicha ochiq eshiklar hisoboti Qo‘shma Shtatlardagi xalqaro talabalar va olimlar hamda chet elda tahsil olayotgan amerikalik talabalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Hisobotning so‘nggi sonlaridan birida AQSh oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chet ellik talabalarning 1949-1950-yillardan to hozirga qadar bo‘lgan soni haqida ma’lumot beriladi.
Unga ko‘ra, 1949-yilda okeanorti mamlakatida jami 246 ming 43 nafar xorijlik talaba bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022-2023-o‘quv yilida 1 mln 57 ming 188 nafarni tashkil etgan.
Oxirgi ma’lumotlarda keltirilgan raqamlarga tayanilsa, xorijlik talabalarning yarmidan ko‘pi Xitoy va Hindiston fuqarolaridir.
O‘zbekistondan AQShga borib tahsil olayotganlar esa ilk marta 1994 yilda qayd etilgan. O‘sha davrda Qo‘shma Shtatlarda o‘qiyotgan talabalar soni 109 nafarni tashkil qilgan. Hozirda esa 1 ming 89 nafar o‘zbekistonlik AQShning turli ta’lim muassasalarida ta’lim olmoqda.
Shuningdek, ayni paytda okeanorti davlatida Qozog‘istondan 2 ming 440 nafar, Qirg‘izistondan 705 nafar, Tojikistondan 170 nafar, Turkmanistondan 299 nafar, Afg‘onistondan 682 nafar, Rossiyadan esa 4 ming 913 nafar kishi AQShda tahsil olmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter