Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shma korxona direktori Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Qo‘shma korxona direktori Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Foto: «Kun.uz»

Sharof Rahmonov Toshkent shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Sharof Rahmonov bunga qadar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «National export company» mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «O‘zbek-Germaniya» qo‘shma korxonasi bosh direktori lavozimida ishlagan.

U 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 2004-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini (magistratura) tamomlagan.

2016-2017-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi «O‘ztadbirkoreksport» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlagan.

2017-2018-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi «Uztrade» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring